Jamiyat | 19:05 / 13.06.2024
21055
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar samolyotni sudrash tezligi bo‘yicha Ginness rekordini o‘rnatdi 

Sportchilar jamoasi og‘irligi 13,5 tonna bo‘lgan ATR-72 rusumidagi samolyotni 100 metr masofaga tortish bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatishdi. 

Foto: Uzbekistan Airports

O‘zbekiston Bodibilding va fitnes federatsiyasi jamoasi samolyotni 100 metrdan ortiq masofaga sudrash tezligi bo‘yicha Ginness rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Guinness World Records e’lon qildi. 

Qayd qilinishicha, sportchilar jamoasi og‘irligi 13,5 tonna bo‘lgan ATR-72 rusumidagi samolyotni 100 metr masofaga 46,7 soniyada tortib borgan. Rekord 2024 yil 15 may kuni Toshkent xalqaro aeroportida o‘rnatilgan. 

Tadbirda Ginness rekordlar kitobi komissari Mbali Masechaba Nkosi ishtirok etgan. 

Ta’kidlanishicha, rekord birinchi urinishdayoq o‘rnatilgan. Ginness rekordlar kitobi talabi 60 soniya bo‘lgan, biroq, sportchilar ancha yaxshi natijani ko‘rsatishgan. 

Mavzuga oid