Jamiyat | 10:07 / 17.06.2024
5493
1 daqiqa o‘qiladi

M39 xalqaro avtomobil yo‘lida Cobalt yonib ketdi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘li 998-kilometrida Cobalt avtomobili yonib ketdi. 

Foto: YHXB matbuot xizmati

Viloyat YHXB xabariga ko‘ra, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinada elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, motor va salon qismi yongan. 

Yong‘in FVB tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Tergovga qadar tekshiruvni tuman FVB olib bormoqda.

Mavzuga oid