Xitoyda dunyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi
Xitoyliklar stansiyani qurish uchun esa 2,1 mlrd dollarga yaqin mablag‘ sarflagan.
Xitoyda dunyodagi eng katta quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Bu stansiya Xitoy g‘arbida, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida, Urumchi shahri yaqinidagi cho‘l hududida qurilgan. Stansiya umumiy hisobda 13,3 ming gektar maydonni egallagan.
Xitoyliklar stansiyani qurish uchun esa 2,1 mlrd dollariga yaqin mablag‘ sarflagan va u yiliga 6,09 mlrd kilovatt soat energiya ishlab chiqara oladi.
Taqqoslash uchun, bu Papua-Yangi Gvineya davlatini bir yil elektr energiya bilan ta’minlashga yetarli bo‘ladi.
Avvalroq, Xitoyning g‘arbiy qismida Ninsya Genggeli cho‘lida Longyuan Power Group va China Lüfa Qinghai New Energy kompaniyalarining ikkita umumiy quvvati 3 gVt energiya ishlab chiqaruvchi yirik quyosh elektr stansiyalari ishga tushirilgandi.
Ma’lumot uchun, dunyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi ham Xitoyda qurilgan.
Mavzuga oid
19:57 / 25.12.2024
Xitoyda yolg‘iz insonlarni oila qurishga undovchi targ‘ibotlar kuchaytirildi
14:53 / 25.12.2024
Xitoy kompaniyasi Askiya bozorini 225,6 mlrd so‘mga sotib oldi
23:04 / 24.12.2024
Xitoy qutb suvlarida suzishga qodir dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi kemani sinovdan o‘tkazdi
21:52 / 24.12.2024