O‘zbekiston | 18:29 / 24.06.2024
4606
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida, Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Bosh vazir matbuot xizmati

Tadbirda Mo‘g‘uliston prezidenti, O‘zbekiston bosh vaziri, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.

Tadbir qatnashchilari elchixonada diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

O‘zbekiston ham yaqin kelajakda Ulan-Batorda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda.

Foto: Bosh vazir matbuot xizmati
Foto: Bosh vazir matbuot xizmati

Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Mo‘g‘ulistonning birinchi prezidenti bo‘ldi.

Tashrif davomida ikki davlat rahbarlari “Davlatlararo munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risida”gi qo‘shma bayonotga imzo chekdi.

Tomonlar o‘rtasida jami 14 ta hujjat imzolandi.

Mavzuga oid