Jamiyat | 19:00 / 26.06.2024
8376
3 daqiqa o‘qiladi

“Trastbank”: Chevrolet Tracker avtomobili va boshqa qimmatbaho sovrinlar egalari aniqlandi!

Foto: Trastbank

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki “MasterCard” bilan birgalikda 2023 yilning 1 noyabr kunidan boshlab “Trastbank bilan birga bo‘ling va sovg‘alarga ega bo‘ling” aksiyasiga start bergan edi.

“Trastbank”dan “MasterCard” xalqaro kartasini ochgan hamda savdo va xizmat ko‘rsatish terminallari, shuningdek, internet saytlari orqali kamida 10 AQSh dollari miqdorida to‘lovlarni amalga oshirgan mijozlar ushbu aksiyaning ishtirokchisiga aylangan. Aksiyada quyidagi qimmatbaho sovrinlar qo‘yilgan: 

“Samsung Galaxy” uyali aloqa telefoni (4 dona);

“Samsung” 32 dyuymli televizori (4 dona);

“Samsung” kir yuvish mashinasi (4 dona);

Turkiyaga sayohat uchun ikki kishilik yo‘llanma (1dona).

Bosh sovrin – “Chevrolet Tracker” avtomobili.

Joriy yilning 31 may kuniga qadar o‘tkazilgan ushbu aksiya mingdan ziyod ishtirokchilarni qamrab oldi.

22 iyun kuni “Trastbank” XABning 30 yillik yubileyi arafasida poytaxtimizdagi “Next” savdo markazida ushbu aksiya g‘oliblarini aniqlash bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Sovrindorlar tasodifiy tarzda, ya’ni random orqali aniqlandi. Natijalarga ko‘ra, 13 nafar hamyurtimiz qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, “Trastbank” XABning “Darxon” bank xizmatlari ofisi mijozi Viktoriya Agutinaga aksiya bosh sovrini – “Chevrolet Tracker” avtomobili nasib etdi.

Shuningdek, tadbirga yig‘ilganlar orasida bank faoliyatiga doir qiziqarli interaktiv o‘yinlar o‘tkazilib, moliya muassasasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ta’kidlash joizki, mijozlar g‘oliblarni aniqlash jarayonini bevosita guvohi bo‘lishdi. Qolaversa, ushbu jarayon bankning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida jonli efir orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etildi. Bu esa aksiyaning shaffof va odilona tarzda o‘tkazilganidan dalolatdir, desak mubolag‘a emas.

Bank mijozlari va aksiya ishtirokchilariga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildiradi.

Tez kunda barcha sovrinlar o‘z egalariga topshiriladi.

Reklama

Mavzuga oid