Jamiyat | 07:21 / 27.06.2024
6174
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zganing bank mobil ilovasiga ulanib, pullarni yechib olgan shaxs ushlandi

Gumonlanuvchi jabrlanuvchiga soxta havola yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan. 

Foto: Alamy stock

Farg‘ona viloyatida yashovchi (ayol) U.M. ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilib, noma’lum sabablarga ko‘ra uning 10 mln so‘mga yaqin pul mablag‘lari yechib olinganligini va aybdor shaxsga qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan. 

Kiberxavfsizlik markazi xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyatida yashovchi T.A. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, gumonlanuvchi T.A. jabrlanuvchi U.M.ga soxta havola yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan. Uning 10 mln so‘mga yaqin pullarini o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi ma’lum bo‘ldi. 

Mazkur holat yuzasidan T.A.ga nisbatan JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “a,b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid