Jamiyat | 08:41 / 02.07.2024
4612
1 daqiqa o‘qiladi

Marg‘ilonda uyida 37 kg giyohvand modda saqlayotgan shaxs ushlandi

53 yoshli erkak o‘z xonadonidagi ekin maydonida 13 tup marixuana parvarishlab kelayotganligi ham aniqlangan. 

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida o‘z yashash xonadonida katta miqdorda giyohvand modda saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 29 iyun kuni IIB tezkor xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan. Unda shaharning Tuyagum mahallasida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan A.K.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Jarayonda u xonadonidagi ekin maydonida 13 tup marixuana giyohvand o‘simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlangan. Shuningdek, A.K. uyida 12 kg 537 gr ko‘knori boshoqlari, 2 kg 570 gr marixuana, 41 gr gashish hamda 22 kg 550 gr ko‘knori somonini saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid