O‘zbekiston | 11:15 / 03.07.2024
4332
1 daqiqa o‘qiladi

“One Chip Challenge” chipsining xavfsizligi tekshirilmagan – Sanepidqo‘mita

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar o‘rtasida iste’mol qilish chellenjga aylantirilayotgan “One Chip Challenge” chipsi uchun sanitariya-epidemiologik xulosa berilmagani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Sarah Dussault/MediaNews Group/The Mercury News via Getty Images

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar o‘rtasida “One Chip Challenge” chipsini iste’mol qilish bo‘yicha chellenj boshlangani, bu esa salomatlik bilan bog‘liq bir qancha ko‘ngilsiz holatlarga olib kelayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi holatga munosabat bildirdi.

“Fuqarolarimizdan “Ushbu mahsulot O‘zbekistonga ham olib kelinganmi?”, “Mahsulotga Sanepidqo‘mita tomonidan sanitariya-epidemiologik xulosa berilganmi?” degan savollar kelib tushmoqda.

Sanepidqo‘mita tomonidan “One Chip Challenge” mahsuloti uchun sanitariya-epidemiologik xulosa berilmaganligini, shu bilan birga ushbu mahsulotga xulosa olish bo‘yicha tadbirkorlar tomonidan murojaat ham bo‘lmaganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi munosabatda.

Sanepidqo‘mita fuqarolardan xavfsizligi tekshirilmagan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid va iste’mol qilmaslikni so‘ragan. 

Mavzuga oid