Zelenskiy keyingi tinchlik sammitiga Putin taklif etilishi mumkinligini aytdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Bloomberg uchun bergan intervyusida RF prezidenti Vladimir Putin Ukraina tomonidan tashkillashtiriladigan keyingi tinchlik sammitiga taklif qilinishi mumkinligini istisno etmadi.
Shu bilan birga, Zelenskiy agar Rossii va Ukraina muzokaralar stoliga o‘tirish yo‘lini topa olsa ham, Putin «yaqin vaqtlar ichida» unda ishtirok etishiga shubha qilishi, chunki rossiyaliklar prezidenti «kelishdan juda qo‘rqadi» deb hisoblashini aytgan.
Zelenskiyning fikricha, urush «Ukraina va butun dunyo uchun adolatli yakunlanishi» uchun AQSh va Xitoy «ixtiloflarni chetga surishi» va birgalikda vositachilik qilishi lozim.
Zelenskiy Xitoy urushni yakunlashda «jiddiy rol» o‘ynashi lozimligi, chunki Rossiya Xitoy eksport bozoriga qattiq qaram bo‘lib qolganini ta’kidlagan. Ukraina prezidenti Finlandiya prezidenti, 2 iyul kuni Bloomberg uchun bergan intervyusida «Rossiya hozirda Xitoyga har qachongidan ko‘ra qattiqroq qaramligi»ni, «XXR raisi Si Jinpingning birgina qo‘ng‘irog‘i Ukrainadagi inqirozni hal qilishi mumkinligi»ni aytgan Aleksandr Stubbaning fikrlariga qo‘shilishini bildirgan.
- Shveytsariyada 15-16 iyun kunlari Ukraina tashabbusi bilan tinchlik sammiti o‘tkazildi, unda Kiyev bandlari bajarilishi urushni yakunlash uchun zarur deb hisoblaydigan «tinchlik formulasi» muhokama qilindi. Sammitda 90 dan ortiq mamlakatlar vakillari ishtirok etgan, shu bilan birga unga Rossiya taklif etilmagan (shu tufayli, Xitoy ham unda qatnashishdan bosh tortgan). Uchrashuvdan keyin Zelenskiy bir necha oy o‘tib navbatdagi tinchlik sammiti o‘tkazilishini ma’lum qildi. Kreml Shveytsariyadagi sammitni baholarkan, tinchlik sammiti natijasi «nolga yaqinligi»ni bildirdi.
Mavzuga oid
14:45
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
22:47 / 25.12.2024