O‘zbekiston | 11:00 / 05.07.2024
7289
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Vengriyaliklar va o‘zbekistonliklarni nima bog‘laydi?

Ma’lumotlarga ko‘ra, turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning yarmini 31-55 yoshdagilar tashkil etadi. Bu yoshda sayyohlar uchun sayohatning jozibadorligi nima bilan o‘lchanadi?

Foto: Qanot Sharq

Bu yoshdagi sayohatchilar o‘zlari borishni istagan mamlakatlarning yoki shaharlarning tarixiy va madaniy meros obektlari, betakror tabiati va albatta milliy taomlarining sayyoh ta’biga qanchalik yaqin ekanligini surishtirishadi. Masalan, Yevropaning eng go‘zal nuqtalaridan biri bo‘lgan Budapesht misolida qaralsa, bu shaharning turistlar uchun xavfsizligi, diqqatga sazovor va sayohatchilar uchun yetarli imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rish mumkin.

Budapesht Yevropa tarixiy va madaniy merosining muhim nuqtalaridan biri. Uning boy tarixi, ajoyib ob-havo sharoitlari, tarixiy ahamiyatga ega mashhur binolari, jumladan, Parlament binosi, Buda qal’asi va Stefan muqaddas sobori ko‘plab sayyohlarni jalb qiladi. Shuningdek, shahar aholisi ham mehmondo‘stlikda o‘zbeklarga o‘xshashi bilan ajralib turadi.

Daryo sohilida joylashgan shahar

Dunay daryosining ikki sohilida joylashgani sabab Budapesht dunyoda “Dunay marvaridi” nomi bilan mashhur. Dunay sohili bo‘ylab sayr qilish yoki paromda suzish Budapeshtning go‘zal manzaralaridan bahramand bo‘lishning a’lo yo‘lidir.

Daryo qirg‘og‘idagi arxitektura yodgorliklari shaharning boy madaniy va tarixiy merosini ifodalaydi hamda turli davrlar va uslublarning uyg‘unlashuvini ko‘rsatadi. Hashamat, salobat va go‘zallik qorishmasidan yaratilgan manzara yana qayta borishga undaydi. Budapesht binolarining arxitekturasi juda boy va xilma-xil bo‘lib, u yerda turli davrlar va uslublarning go‘zal namunasini uchratish mumkin. Dunay daryosi bo‘yida joylashgan Vengriya Parlamenti binosi neogotika va neorenessans uslublarini aks ettirsa, Buda qal’asi barokko uslubida barpo etilgan.

Ulkan gumbazi va ichki nafis dizayni bilan mashhur muqaddas Stefan cherkovi vengr renessans uslubining a’lo namunasidir.

Budapeshtdagi samarali transport tizimi sayyohlarga shaharni osonlik bilan kezib chiqish imkonini beradi. Metro, avtobus va tramvay xizmatlari orqali shaharning barcha joylariga tez va qulay yetib borish mumkin. Shahar ichida oson harakatlanish Budapeshtni sayohatchilar uchun sevimli va qadrdon shaharga aylantiradi.

Qanot Sharq – vengriyaliklar va o‘zbekistonliklarni bog‘laydi

Sayyohlar uchun muhim yana bir jihat shundaki, ular istagan mamlakatga borish uchun qulay, sifatli va ishonchli transport tizimi. Buni bemalol Qanot Sharq zimmasiga yuklash mumkin. Kompaniya har bir yo‘lovchining xavfsizligi, ishonchi va huquqlari uchun kurashadi.

Joriy yilning 30 iyunidan boshlab Qanot Sharq Toshkent-Budapesht-Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaparvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Parvozlar hozircha haftaning har yakshanbasida amalga oshiriladi. 4 sentabrdan boshlab haftaning chorshanba kunlarida ham parvoz qilish imkoniyati yaratiladi.

Qanot Sharq aviakompaniyasi mijozlariga qulay narxlarda aviachiptalarni taqdim etadi.

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71−227−93−07. (+998) 71-227-57-71

Sayt: qanotsharq.com

Instagram: @qanotsharq

Telegram: t.me/qanotsharq

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid