Jamiyat | 16:55 / 14.07.2024
4806
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda “Nexia” mashinasi “Damas” bilan to‘qnashdi

“Nexia” haydovchisi quvib o‘tish qoidasiga amal qilmasdan qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan va o‘z yo‘lidan kelayogan “Damas” bilan to‘qnashgan.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida “Nexia” mashinasi “Damas” bilan to‘qnashgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 13 iyul kuni sodir bo‘lgan.

Shu kuni soat 17:00 larda, Sh.Rashidov tumani “Bo‘ston” MFY hududidan o‘tgan 4R-37 avtomobil yo‘lida 24 yoshli haydovchi “Nexia” mashinasini Jizzax-Zafarobod yo‘nalishida boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasiga amal qilmasdan qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan.

So‘ng ro‘paradan, o‘z yo‘lidan kelayotgan 37 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan “Damas” bilan to‘qnashgan. Oqibatda “Damas” haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, hozirda ushbu hodisa yuzasidan Sh.Rashidov tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid