O‘zbekiston | 10:00 / 16.07.2024
1712
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Beeline Uzbekistanʼdan eSIM: ko‘proq imkoniyatlar, ko‘proq erkinlik

eSIM (embedded SIM) mobil xizmatlardan foydalanish uchun ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etadi, masalan, bitta qurilmada bir nechta raqamlardan foydalanish. Mijoz qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, Beeline Uzbekistan ilovasi yordamida eSIMʼni sanoqli daqiqalarda ulash mumkin. eSIMʼni O‘zbekiston fuqarolari ulash imkoniyatiga ega.

Foto: Beeline Uzbekistan

eSIM oddiy SIM-kartaning barcha funksiyalariga ega, jumladan, internet, SMS va qo‘ng‘iroqlar, shu bilan birga bir vaqtning o‘zida ikkita — oddiy SIM va eSIM raqamidan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu, ayniqsa, tez-tez sayohat qiladigan yoki ish va shaxsiy ehtiyojlari uchun turli raqamlardan foydalanadiganlar uchun juda qulay. Bundan tashqari, eSIM SIM-kartani to‘liq o‘rnini bosadi va barcha mobil aloqa xizmatlari, shu jumladan roumingda ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Xizmat iOS va Android smartfonlari, shuningdek, ba’zi planshetlarda qo‘llab-quvvatlanadi. 

eSIM — 5x6 mm o‘lchamdagi mikrosxema bo‘lib, u ishlab chiqarish bosqichida qurilmaning bir qismiga aylanadi, shuning uchun uni yo‘qotish yoki shikastlash mumkin emas. Endi mijoz yangi eSIMʼni ulash uchun kompaniya ofisiga tashrif buyurishi shart emas. Hammasini uydan chiqmasdan, masofadan turib amalga oshirish mumkin. Buning uchun oxirgi versiyagacha yangilangan Beeline Uzbekistan ilovasini yuklab olish va ochish, «eSIM rasmiylashtirish» bo‘limiga o‘tish va hududni tanlash, so‘ngra - raqamni tanlash va «Ulanish» tugmasini bosish kerak. Keyin tarif rejasini tanlash hamda ommaviy oferta va foydalanish shartlarini qabul qilish, MyID tizimi orqali shaxsni identifikatsiya qilish va ma’lumotlarni tekshirishdan o‘tish kerak. Balans to‘ldirilganidan keyin, eSIM muvaffaqiyatli faollashtirilgani haqida bildirishnoma paydo bo‘ladi: mijozga qurilmaga eSIM profilini o‘rnatish uchun QR-kod taqdim etiladi.

eSIMʼni faollashtirishdan oldin mijozlarga mobil qurilmaning IMEI-kodi ro‘yxatdan o‘tganligini tekshirish tavsiya etiladi. Beeline Uzbekistan ilovasi orqali eSIM ulash qulay va vaqtni tejashga yordam beradi. Agar QR-kod 10 marta faollashtirilgan bo‘lsa yoki QR-kodli shakl yo‘qolgan, yaroqsiz holga kelgan bo‘lsa, digital-operator ofisiga murojaat qilib, eSIM almashtirish muolajasidan o‘tish kerak bo‘ladi. 

«Digital enablement (raqamli mavjudlik) bu — global trend va Beeline Uzbekistanʼdan eSIM uning yorqin misolidir. eSIMʼni barcha savdo kanallarida qo‘shimcha to‘lovsiz ulash mumkin, Beeline Uzbekistan ilovasida esa ulanish atigi bir necha daqiqa vaqt talab qiladi. Bu esa mobil xizmatlardan qulaylik va samaradorlikning yangi darajasida foydalanishni xohlovchi mijozlar uchun eSIMʼni yanada jozibador qiladi», — deya izoh berdi Beeline Uzbekistan ommaviy savdo direktori Andrey Zlotnikov. 

eSIMʼning asosiy afzalliklaridan biri — xavfsizlik. Agar smartfon g‘ayrli qo‘llarga tushib qolsa, ular qurilmadan foydalana olmaydi, chunki yangi profilni yuklash va eskisini o‘chirish faqat eSIM egasi tomonidan amalga oshiriladi. eSIM telefonga o‘rnatilganligi sababli, uni chiqarib olish mumkin emas, bu esa o‘g‘irlangan smartfonni jinoyatchi uchun befoyda qiladi.

eSIM QR-kodi bu — mijozning telefon raqami kaliti bo‘lib, eSIM kartani tiklash yoki yangi qurilmaga o‘tkazish uchun uni saqlash tavsiya etiladi, lekin xavfsizlik nuqtai nazaridan hech qachon boshqalarga berilmasligi kerak.

eSIM afzalliklaridan biri — bir qurilmada bir nechta profillarni saqlash imkoniyati. Zamonaviy smartfonlar bir vaqtning o‘zida beshtagacha eSIM kartalarini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. eSIM o‘rnatilganligi va to‘g‘ri ishlayotganligiga ishonch hosil qilish uchun uning holatini qurilmada tekshirishingiz lozim: 

iOS:

1. «Sozlamalar»ni oching.

2. «Uyali aloqa» bo‘limiga o‘ting.

3. Yuklab olingan eSIM va uning holati haqidagi ma’lumotlarni tekshiring. 

Android:

1. «Sozlamalar»ni oching.

2. «Ulanish» bo‘limiga o‘ting.

3. «SIM-karta dispetcheri»ni tanlang.

4. Yuklab olingan eSIM ma’lumotlarini tekshiring. 

Oxirigacha o‘qiganlar uchun xushxabar: 2024 yil 1 avgustgacha raqamli operator ofislarida yoki nomer.beeline.uz saytida jismoniy SIM-kartani eSIMʼga almashtirish qo‘shimcha to‘lovsiz amalga oshiriladi.

*** 

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama

Mavzuga oid