Iqtisodiyot | 09:22 / 18.07.2024
1731
1 daqiqa o‘qiladi

Ishlab chiqarish korxonalari soliq qarzdorligi miqdori ma’lum qilindi

Soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzdorligi haqida ma’lumot berildi. 

1 iyul holatiga soliq qarzi 100 million so‘mdan yuqori ishlab chiqarish korxonalari 793 ta, ularning jami qarzdorligi 1 242,8 milliard so‘m. Shundan 385,8 milliard so‘mi, ya’ni 31 foizi soliq qarzi eng ko‘p bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari top-3 taligi:

  • yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HSI — 771,7 mlrd so‘m;
  • Toshkent shahri — 129,4 mlrd so‘m;
  • Toshkent viloyati — 74,8 mlrd so‘m.

1 aprel holatiga ishlab chiqarish sohasida soliq qarzi (100 million so‘mdan yuqori) mavjud korxonalar soni 742 ta bo‘lib, ularning jami qarzdorligi — 932,4 milliard so‘m. Shundan 355,1 milliard so‘mi, ya’ni 38,1 foizi soliq qarzi eng ko‘p bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga oid