Jamiyat | 11:38 / 18.07.2024
7308
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda avtobus urib yuborishi oqibatida piyoda vafot etdi

Kattaqo‘rg‘on tumani hududida Isuzu avtobusi yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.

Foto: YHXB matbuot xizmati

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, YTH 2024 yil 13 iyul kuni soat 13:00 larda Kattaqo‘rg‘on tumani Mirzo Ulug‘bek mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-48 «Zarafshon Trakt» avtomobil yo‘lining 94-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi Isuzu avtobusini «Payshanba-Kattaqo‘rg‘on shahar» yo‘nalishida boshqarib borayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Buning oqibatda piyoda tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda Damas yo‘l chetidagi 2 nafar piyodani urib ketgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid