O‘zbekiston | 15:00 / 19.07.2024
27017
18 daqiqa o‘qiladi

“Baxti Tashkentskiy” ishida 6 kishi o‘ta xavfli retsidivist deb topildi

​​​​​​​Sud hukmi bilan sudlanuvchilarga 3 yildan 20 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi. Faqat sudlanuvchilar orasidagi yagona ayolga ozodlini cheklash bilan bog‘liq bo‘lgan jazo berildi. Hukmga ko‘ra, 6 kishi xavfli retsidivist deb topildi. Ular jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydi.

Foto: Oliy sud

Bugun Baxtiyor Qudratullayev va boshqalarga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi.Ushbu jinoyat ishi JIB Shayxontohur tuman sudining raisi T.Obidov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqildi.

Oliy sud matbuot xizmatining xabar berishicha, sud hukmiga ko‘ra sudlanuvchilarga quyidagicha jazo tayinlangan:

  • B.Qudratullayev – (1971 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “g” bandi, 109-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 168-moddasi 4-qismi “v” bandi, 242-moddasi 1-qismi, 243-moddasi va 276-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan B.Qudratullayev o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi. Jinoyat kodeksining 96-moddasiga muvofiq B. Qudratullayevga jazoni o‘tash vaqtida giyohvandlikdan davolanishning majburiy choralari qo‘llanilishi belgilandi;
  • Sh.Qurbonov – (1964 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • B.Zafarov – (1994 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandi va 168-moddasi 4-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • Sh.Raximov (1981 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandi, 168-moddasi 4-qismi “v” bandi va 276-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 96-moddasiga asosan Sh. Raximovga jazoni o‘tash vaqtida giyohvandlikdan davolanishning majburiy choralari qo‘llanilishi belgilandi. Tayinlangan ozodlikdan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • A.Xo‘jayev – (1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “g” bandi va 165-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 7 yil 3 oy 20 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • D.Sharipov  (1980 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, v” bandlari nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 14 yil 10 oy 14 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan D.Sharipov o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • A.Mirzaxonov  (1972 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • Sh.Sulaymonqulov – (1978 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan) va A.Norqulov (1997 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • S.Hotamov – (1991 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga moddiy va mansab lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • N.Jumaniyazova – (1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil 4 oy 24 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi;
  • R.Shakurov – (1971 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 6 yil 8 oy 14 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi. Jinoyat kodeksining 96-moddasiga asosan R.Shakurovga giyohvandlikdan davolanishning majburiy choralari qo‘llanilishi belgilandi;
  • Sh.Qudratullayev – (1966 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan Sh.Qudratullayev o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • T.Turmonov – (1966 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • F.Vapayev  (1988 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 10 oy 18 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • M.Nosirxo‘jayev – (1979 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 166-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan M.Nosirxo‘jayev o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • D.Mo‘minxo‘jayev – (1991 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) va M.Usmonboyev (1995 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 9 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • M.Shodmonov – (1969 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • B.Xudoyorov – (1984 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan B.Xudoyorov o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • A.Mashrafxonov – (1970 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) va V.Qurbonov (1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • A.Maxamadiyorov – (1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil 6 oy 21 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • A.Jo‘rayev – (1989 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • B.Baqoyev – (1973 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • I.Qudratullayev – (1996 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • A.Aliyev – (1996 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi 4-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • J.Soliyev – (1992 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • A.Tursunboyev – (1995 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • B.Normirzayev – (1980 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandi va 168-moddasi 4-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansin. Tayinlangan jazon umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • F.Kamolov – (1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi 4-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan F.Kamolov o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • M.Mirzoyev – (1985 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • N.Bagadirov – (1965 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazon umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • A.SHCHelyov – (1972 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • M.Qurbonov – (1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “g” bandi va 168-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • O.Islomov – (1988 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “g” bandi va 168-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 7 oy 20 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;
  • M.Ibadullayev – (1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

 

Qayd etilishicha, sudlanuvchilar B.Qudratullayev, A.Xjjayev, M.Qurbonov, Sh.Qurbonov, A.Tursunboyev, O.Islomov, A.Maxamadiyorov, A.Mashrafxonov, F.Vapayev, M.Nosirxo‘jayev, R.Shakurov, D.Sharipov, B.Zafarov, F.Kamolov, Sh.Raximov, A.SHCHelyov, N.Bagadirov, A.Mirzaxonov, N.Jumaniyazova, I.Qudratullayev, A.Aliyev, J.Soliyev, A.Tursunboyev va B.Normirzayevdan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilangan.

Boshqa jabrlanuvchilar va manfaatdor shaxslarga jinoyat doirasida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.

Sudlanuvchilar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish hisobiga orttirilgan mol-mulklar tegishli tartibda jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarni qoplashga qaratilishi belgilangan.

Mavzuga oid