Jamiyat | 15:10 / 25.07.2024
14277
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Lacetti’ning beton ustunga urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Shahrisabz ko‘chasida yuz bergan YTHda 2005 yilda tug‘ilgan haydovchi va 2006 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan. Mashina ichida bo‘lgan 2005 va 2006 yilda tug‘ilgan yana 3 nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Videodan kadr

Joriy yilning 25 iyul kuni soat 00:30 larda Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasi 38-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 2005 yilda tug‘ilgan A.K. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton ustunga to‘qnashgan.

YTH oqibatida haydovchi va yo‘lovchisi, 2006 yilda tug‘ilgan X.X. olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Shuningdek, avtomashina ichida bo‘lgan yana 3 nafar yo‘lovchilar: 2006 yilda tug‘ilgan A.I., 2005 yilda tug‘ilgan Z.I. va 2005 yilda tug‘ilgan D.K. turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid