Jahon | 11:26 / 27.07.2024
3552
2 daqiqa o‘qiladi

Bayden AQSh Oliy sudini isloh qilish rejasini taqdim etmoqchi

Jo Bayden 29 iyul kuni Texasga tashrifi chog‘ida AQSh Oliy sudini isloh qilishga chaqirishi kutilmoqda, deya xabar berdi Politico nashriga masaladan xabardor manbalar.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Jo Bayden 29 iyul kuni Texasga tashrifi chog‘ida mamlakat Oliy sudini isloh qilish rejasini taqdim etadi. Bu haqda 26 iyul, juma kuni ikki xabardor manbaga tayanib Politico ma’lum qildi.

Bayden sudyalar muddatini cheklashni, majburiy axloq kodeksini qabul qilishni va prezidentning daxlsizligini cheklovchi konstitutsiyaga o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatlamoqchi. Daxlsizlik natijasida Oq uy prezidentligiga respublikachi nomzod Donald Tramp 2021 yil yanvarda Kapitoliyga hujum ishi bo‘yicha jinoiy ta’qibni prezidentlik poygasida qatnashayotgani sababli kechiktirishga muvaffaq bo‘ldi. Politico manbalarining aytishicha, islohot rejasi aniq tafsilotlari noma’lumligicha qolmoqda va o‘zgarishi mumkin. 

Jo Bayden bir necha bor Oliy sudni va uning qarorlarini, shu jumladan, qurol muomalasiga oid qattiq qoidalar bloklanishini tanqid qilgan. «Men Oliy sudni isloh qilishga chaqirmoqchiman, chunki bu bizning demokratiyamiz uchun juda muhim», dedi Bayden 24 iyul kuni xalqqa qilgan murojaatida prezidentlikka ikkinchi muddatga saylanishdan bosh tortganini tushuntirib. 

Mavzuga oid