Iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarish holati fosh etildi
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri va Kitob tumani iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shahrisabz shahar va Kitob tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.
Unda, fuqarolar E.X. va Yu.E. yashash xonadonlarining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil etib, yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotganliklari aniqlanib, ushbu sexlardan 320 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 201 kg chigit, 5 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
07:40 / 03.12.2024
Ikki viloyatda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holati aniqlandi
08:54 / 12.09.2024
Shahrisabz aeroporti fuqaro aviatsiyasi parvozlari uchun o‘z faoliyatini tikladi
15:10 / 25.07.2024
Toshkentda Lacetti’ning beton ustunga urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
08:43 / 26.06.2024