O‘zbekiston | 21:17 / 30.07.2024
5381
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi ikkita bojxona punkti tun-kun ishlaydi

Shohimardonga dam olgani borayotgan fuqarolar o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi ushbu ikkita bojxona obektlari orqali istalgan vaqtda harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Foto: Bojxona qo‘mitasi

26 iyuldan boshlab, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining «Farg‘ona» chegara bojxona posti hamda Shohimardonga kirish qismida joylashgan «Oq-qiya» bojxona punkti tun-kun ishlash rejimiga o‘tkazildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Shohimardonga dam olgani borayotgan fuqarolar o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi ushbu ikkita bojxona obektlari orqali istalgan vaqtda harakatlanish imkoniyatiga ega.

Ta’kidlanishicha, mazkur yangilik prezident Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning 2024 yil 18 iyul kuni Toshkent shahridagi uchrashuvida erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshdi.

Mavzuga oid