Jahon | 12:52 / 30.07.2024
14422
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘shtepa kanalini qurishning ikkinchi bosqichi 58 foizga yakunlandi

Qo‘shtepa kanali 5 yildan keyin to‘liq ishga tushadi. Ayni paytda kanal qurilishining ikkinchi bosqichi 58 foizga yakunlangan.

Foto: Ariana News

Qo‘shtepa kanali qurilishining ikkinchi bosqichi 58 foizga yakunlangan. Bu haqda «Qo‘shtepa kanalini rivojlantirish» milliy kompaniyasi vakili Said Zabihulla Miri ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda qurilishga 3,5 ming kishi va 3 ming texnika jalb qilingan. Kanalni 5 yildan keyin ishga tushurish rejalashtirilgan.

Qo‘shtepa kanali haqida

«Tolibon» hukumati 2022 yil mart oyidan boshlab Balx viloyatida ulkan Qo‘shtepa kanalini qurishni boshladi. Yangi kanalning uzunligi 285 km, eni 100 metr, chuqurligi 8,5 metr bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, kanal qurilishidan maqsad – Balx, Jauzjon va Faryob viloyatlaridagi 3 million jyerib (1 jyerib – 2000 kvadrat metr) yerni sug‘orish va 250 mingga yaqin aholini ish bilan ta’minlash hisoblanadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, agar Qo‘shtepa kanali loyihasi Afg‘oniston hukumati tomonidan yakunlanib, foydalanishga topshirilsa, O‘zbekistonga keladigan suv hajmi 15 foiz atrofida kamayishi bilan bog‘liq xavf mavjud. Bu esa Xorazm, Buxoro, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek Turkmaniston uchun jiddiy oqibatlar yaratadi. 

Mavzuga oid