O‘zbekiston | 18:16 / 31.07.2024
2667
2 daqiqa o‘qiladi

Qayta ishlanishi majburiy bo‘lgan chiqindilar ro‘yxati tuzildi

Plastmassa, qog‘oz, metal, shisha, kompozitli materiallar, batareya va akkumulyator, qurilish chiqindilarining qayta ishlanishi tartibi belgilandi.

Foto: Kun.uz

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda «O‘zbekiston hududida ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan qayta ishlanishi majburiy bo‘lgan chiqindi tovarlarining belgilari bo‘yicha ro‘yxati» ishlab chiqildi.

Ro‘yxat «Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoniga muvofiq tuzilgan.

Ro‘yxatda plastmassa, qog‘oz, metal, shisha, kompozitli materiallar, batareya va akkumulyator, qurilish chiqindisi kabi materiallar qayta ishlanishi bo‘yicha kod raqamlari va belgilar qo‘yilgan. Zaruratga qarab majburiy bo‘lgan chiqindi tovarlarining belgilari bo‘yicha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilib, tasdiqlanib boriladi. Chiqindilarni qayta ishlash ikkilamchi xomashyolardan samarali foydalanishga imkoniyat berishi, bu orqali atrof-muhit ifloslanishining oldi olinishi ta’kidlanmoqda.

Qayta ishlanishi majburiy bo‘lgan chiqindilarning belgilari bo‘yicha tasdiqlangan ro‘yxat 12 oydan keyin kuchga kiradi.

Mavzuga oid