Jahon | 19:01 / 06.08.2024
12564
1 daqiqa o‘qiladi

Sichqon Germaniyaning eng yirik aeroportini elektrsiz qoldirdi

Terminallardan biri nosozlik bartaraf etilmaguncha bir necha soat favqulodda zaxira quvvatiga ulandi.

Foto: Arne Dedert / dpa

Germaniyaning Frankfurtdagi eng yirik aeroporti kemiruvchi tufayli kecha tunda qisman elektr quvvatisiz qoldi. Bu haqda Spiegel xabar berdi.

Hodisa 5 avgust kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Elektr uzilishi tufayli aeroportning 1-terminalidagi hududlar zarar ko‘rgan. Ushbu sektordan asosan Lufthansa aviakompaniyasi foydalanadi.

Elektrdagi uzilishga qo‘shimcha ravishda, terminal maydoni qisman tutun bilan qoplangan. Aeroport vakilining so‘zlariga ko‘ra, zudlik bilan favqulodda zaxira quvvat yoqilgan, shuning uchun yo‘lovchilarga hech qanday xavf bo‘lmagan. Ertalab normal quvvat tiklangan. Biroq avariya bagajni saralash tizimidagi nosozlik tufayli Discover Airlines va Lufthansa aviakompaniyalarining parvozlar jadvalini biroz buzgan.

Aeroportda ma’lum qilinishicha, halokatga kemiruvchi sichqon sabab bo‘lgan — chaynalgan kabel yonida uning o‘ligi topilgan.

Mavzuga oid