O‘zbekiston | 13:25 / 07.08.2024
22078
2 daqiqa o‘qiladi

Abituriyent o‘tgan yilgi o‘tish ballarini qayerdan bilishi mumkin?

Abituriyentlarga yo‘nalish va oliygoh tanlashdan oldin oxirgi 3 yildagi o‘tish ballarni o‘rganib chiqish tavsiya etiladi. Ballarni my.uzbmb.uz saytining “Davlat OTMlari” bo‘limiga kirib, bilib olish mumkin.

Bilimlarni baholash agentligi yo‘nalish va oliy ta’lim muassasalari tanlayotgan abituriyentlar uchun eslatma e’lon qildi. Unga ko‘ra, abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining “Davlat OTMlari” bo‘limidan OTMlar to‘g‘risida ma’lumot olishi, so‘nggi 3 yildagi o‘tish ballari bilan tanishishi mumkin. Bunda oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishi tanlanganda quyidagi ma’lumotlar chiqadi:

  • 2023/2024 o‘quv yilidagi qabul kvotalari soni (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida);
  • 2023/2024 o‘quv yilidagi fanlar majmuasi (birinchi va ikkinchi mutaxassislik fanlari);
  • so‘nggi 3 yillik o‘tish ballari (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida).

Shuningdek, saytda ta’lim yo‘nalishlarini ta’lim tili va ta’lim shakli bo‘yicha saralash imkoniyati ham mavjud.

Qisqa tushuntirish: xo‘sh, abitiriyentga o‘tish ballini bilish nima uchun kerak? Yangi tartibga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili uchun abituriyentlar oldin test yechib, ballini bilgach keyin oliygoh, yo‘nalish kabilarni tanlashlari mumkin. Ballini oldindan bilishi – abituriyentga o‘zi o‘qimoqchi bo‘lgan OTMga kira olishini yaxshiroq prognoz qilish imkonini beradi. 

Mavzuga oid