O‘zbekiston | 18:38 / 13.08.2024
10241
1 daqiqa o‘qiladi

Magistratura bo‘yicha mandat 20 avgustgacha e’lon qilinishi kutilyapti

2024/2025 yilida talabgorlar magistratura mutaxassisliklariga diplom balli va chet tili sertifikatlari asosida qabul qilinadi.

2024/2025 o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklari uchun qabul natijalari 20 avgustgacha e’lon qilinadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati O‘zAga ma’lum qilgan. Yangi tartibga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihon o‘tkazilmaydi. Talabgorlar diplom bali va chet tili sertifikatlari asosida o‘qishga qabul qilinadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumot uchun, magistratura bosqichi uchun arizalar 2024 yilning 1–30 iyul kunlari magistr.edu.uz tizimi orqali to‘ldirilgan. Rad etilgan talabgorlarga qo‘shimcha muddat berdi. Ular 6-8 avgust kunlari arizalarini qayta tahrirlash imkoni berilgan edi. 

Mavzuga oid