Jahon | 20:46 / 20.08.2024
2538
2 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjon BRICS a’zosi bo‘lish uchun ariza topshirdi

Mamlakat tashkilotga kirish maqsadida rasmiy jarayonni boshladi.

Foto: RIA Novosti

Ozarboyjon BRICS a’zosi bo‘lish uchun rasman ariza topshirdi, deb xabar berdi respublika tashqi ishlar vazirligiga tayanib TASS. Bir kun avval Ozarboyjonning Moskvadagi elchisi Bokuning tashkilotga qo‘shilishi bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qilgan edi.

19 avgust kuni Bokuda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. OAV xabariga ko‘ra, ularda iqtisodiy hamkorlik, xalqaro va mintaqaviy muammolar, xususan, Armaniston-Ozarboyjon mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish masalalari muhokama qilingan, shuningdek, qo‘shma bayonot qabul qilingan, uchta kelishuv va uchta memorandum imzolangan.

BRICS (Brazil, Russia, India, China, South Africa davlatlari nomining bosh harflaridan tuzilgan qisqartma) 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, keyinchalik unga Janubiy Afrika qo‘shilgan. 2024 yil 2 yanvar kuni unga Misr, Eron, BAA va Efiopiya qabul qilindi.

Mavzuga oid