O‘zA sun’iy intellekt yordamida yaratilgan muxbir ish boshlaganini e’lon qildi
Robot-muxbir O‘zbekiston yangiliklarini o‘zbek, ingliz, rus, fransuz, arab, xitoy, nemis, ispan va qozoq tillarida o‘qib beradi.
O‘zA axborot agentligida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan robot-muxbir ish boshladi. Unga Sobira Xoldorova nomi berildi.
Qayd qilinishicha, u O‘zbekiston yangiliklarini o‘zbek, ingliz, rus, fransuz, arab, xitoy, nemis, ispan va qozoq tillarida o‘qib beradi.
Ta’kidlanishicha, soxta videolardan himoyalanish maqsadida har bir videoga maxsus QR-kod qo‘yiladi. U orqali video haqiqiyligini aniqlash mumkin.
Ma’lumot berilishicha, Sobira Xoldorova — tarixiy shaxs, Markaziy Osiyo va O‘zbekistondagi birinchi professional ayol jurnalist. U sovet davrida qatag‘on qilingan. Uning nomini sun’iy intellektga qo‘yish orqali yorqin xotirasini tiklash maqsad qilingani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
13:06
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda sun’iy intellektga tayyorlik bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
00:05 / 23.12.2024
ChatGPT bepul qo‘ng‘iroqlar va yozishmalar uchun telefon raqamiga ega bo‘ldi
00:47 / 20.12.2024
Appleʼning sun’iy intellekt funksiyasi yolg‘on sarlavha bilan xabar tarqatdi
16:32 / 19.12.2024