O‘zbekiston | 09:26 / 22.08.2024
1452
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMT maxsus ma’ruzachisi bilan uchrashdi

BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Balakrishnan Rajagopal 19-30 avgust kunlari tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. 

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Balakrishnan Rajagopal bilan uchrashdi.

"BMTning Uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi janob Balakrishnan Rajagopal bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston hukumati xalqaro tashkilotlar bilan ko‘plab sohalarda faol hamkorlik qilmoqda. 2024 yil boshidan buyon O‘zbekiston tashabbusi bilan BMTning 5 ta rezolyutsiyasi qabul qilindi. Biz BMTning maxsus ma’ruzachilari bilan barcha sohalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyormiz".

BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Balakrishnan Rajagopal 19-30 avgust kunlari tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. U milliy qonunchilikda va amaliyotda uy-joy huquqini himoya qilish va amalga oshirish, jumladan, uy-joyning arzonligi hamda yaroqliligi, xizmatlardan foydalanish imkoniyatini va majburiy ko‘chirishni o‘rganib chiqadi.

Mavzuga oid