Jahon | 12:28 / 22.08.2024
2698
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Shveytsariyaga Jyeneva konvensiyalari yubileyiga bormaydi

Rossiyaning BMT Xavfsizlik kengashidagi diplomatik missiyasi urush paytida tinch aholi, yaradorlar va asirlarga insoniy munosabatda bo‘lishni nazarda tutuvchi Jyeneva konvensiyalari yubileyini nishonlamaydi.

Foto: Siavosh Hosseini/SOPA Images/ZUMA Press/picture alliance

Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida 1949 yil Jyeneva konvensiyalari imzolangani 75 yilligi munosabati bilan Shveytsariyaga norasmiy tashrif buyurish taklifini rad etgan yagona davlat bo‘ldi. Shveytsariya TIV 21 avgust, chorshanba kuni aniqlik kiritishicha, Rossiyaning BMT Xavfsizlik kengashidagi diplomatik missiyasi vakillari izohsiz rad javobi qaytargan. Ilgari Rossiya Shveytsariyani «do‘st bo‘lmagan davlatlar» ro‘yxatiga kiritgan edi, chunki Bern Ukrainaga keng ko‘lamli hujum uchun Rossiya Federatsiyasiga qarshi joriy qilingan Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlagan. 

25 va 26 avgust kunlari Jyenevada bo‘lib o‘tadigan norasmiy yig‘ilishda BMT Xavfsizlik kengashiga a’zo qolgan 13 ta davlatning diplomatlari ishtirok etadi. Umuman olganda, BMT Xavfsizlik kengashiga 15 ta davlat kiradi.

1949 yilda tuzilgan Jyeneva kelishuvlari urush paytida tinch aholi, yaradorlar va asirlarga insonparvar munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Ushbu konvensiyalar xalqaro gumanitar huquqning asosi hisoblanadi. Shveytsariyadagi uchrashuv ular imzolangani 75 yilligiga to‘g‘ri keladi hamda «gumanitar huquq, shuningdek, qurolli to‘qnashuvlarda tinch aholini himoya qilish muhimligini ta’kidlash uchun alohida imkoniyatdir», deya qayd etadi Bern. 

Mavzuga oid