O‘zbekiston | 07:33 / 27.08.2024
6741
1 daqiqa o‘qiladi

Raqobat qo‘mitasi Nukus xalqaro aeroportiga qarshi ish qo‘zg‘atdi

Qo‘mita aeroport 120 mln so‘mlik tanlov savdolarini o‘tkazishda qonunlar talablariga rioya qilmaganini aniqlagan.

Foto: Uzbekistan Airports

Nukus xalqaro aeroportiga qarshi ish qo‘zg‘atildi, deya xabar berdi Raqobat qo‘mitasi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi Nukus xalqaro aeroporti tomonidan amalga oshirilgan tanlov savdolarida qonun talablariga rioya qilingani yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganishlar natijasida, mazkur MChJ Davlat xaridlari portal orqali amalga oshirgan 120 million so‘mlik tanlov savdolarini o‘tkazishda «Davlat xaridlari» va «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunlar talablariga rioya qilmagani aniqlangan.

Shunga ko‘ra, qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 225-sonli nizom talablarini buzish alomatlari bilan Nukus xalqaro aeroportiga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan.

Uning natijasi yuzasidan tegishli ta’sir chorasi qo‘llangan.

Mavzuga oid