O‘zbekiston | 07:31 / 28.08.2024
5070
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda qarovsiz qolib ketgan bolalar O‘zbekistonga olib kelindi

Olmaotadagi bosh konsulxona ko‘magida turli sabablarga ko‘ra Qozog‘istonda qarovsiz qolib ketgan voyaga yetmagan bolalar vatanga qaytarildi.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi ko‘magida turli sabablarga ko‘ra Qozog‘istonda qarovsiz qolib ketgan voyaga yetmagan bolalar vatanga qaytarildi.

Bosh konsulxona xodimlari sa’y-harakatlari bilan "Qiyin ahvoldagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazi" va Olmaota shahar ta’lim boshqarmasi bilan birgalikda 17 yoshli I.R., 12 yoshli S.R. va ikki yoshli M.N.ni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha barcha zarur hujjatlar tayyorlandi.

Shu yilning 24 avgust kuni Bosh konsulxona diplomatlari voyaga yetmagan bolalarni vatanga qaytarish va yaqin qarindoshlariga yetkazish maqsadida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimiga topshirdilar.

Mavzuga oid