O‘zbekiston | 13:59 / 29.08.2024
5770
2 daqiqa o‘qiladi

Raqobat qo‘mitasi «O‘zbekneftgaz»ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Kompaniyaning qariyb 4,8 mlrd so‘mlik 2 ta savdosida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashi mumkin bo‘lgan harakatlarning alomatlari aniqlangan.

Foto: O‘zbekneftgaz

Raqobat qo‘mitasi tomonidan «O‘zbekneftgaz»ga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan maxsus axborot portali orqali o‘tkazilgan 2 ta jami 4,8 mlrd so‘mga yaqin eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 29-moddasi (savdolarda raqobatni cheklash) talablari buzilganlik alomatlari aniqlangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilishi alomatlari bilan «O‘zbekneftgaz» AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Qo‘zg‘atilgan ish o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilingandan so‘ng qo‘shimcha axborot beriladi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid