Apple va Nvidia OpenAI’ga investitsiya kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Navbatdagi investitsiya raundida OpenAI’ning yirik investori - kompaniyaning 49 foiziga egalik qiluvchi Microsoft ham ishtirok etmoqda. 2019 yildan beri u ChatGPT asoschisiga 13 mlrd dollar sarmoya kiritgan.
Amerikaning Apple Inc. va Nvidia Corp. kompaniyalari sun’iy intellektga asoslangan ChatGPT chat-botini ishlab chiqqan OpenAI’ga investitsiya kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi The Wall Street Journal.
Apple va Nvidia qancha sarmoya kiritmoqchi ekani noma’lum. Bunga qadar ular OpenAI’ga investitsiya kiritmagan. Shu bilan birga, navbatdagi investitsiya raundida OpenAI’ning yirik investori — kompaniyaning 49 foiziga egalik qiluvchi Microsoft ham ishtirok etmoqda. 2019 yildan beri u ChatGPT asoschisiga 13 milliard dollar sarmoya kiritgan.
Financial Times’ning o‘z manbalariga tayanib yozishicha, tayyorgarlik ko‘rilayotgan raund doirasida yirik investor sifatida Thrive Capital venchur fondi ham ishtirok etadi — u 1 milliard dollar sarmoya kiritishni reja qilgan.
Qayd etilishicha, investitsiya raundi doirasida OpenAI bir necha milliard dollar jalb qiladi va uning umumiy qiymati 100 milliard dollardan oshib ketadi.
Iyun oyida Apple kompaniyasi OpenAI bilan ChatGPT’dan o‘zining sun’iy intellekt dasturlarida foydalanishga kelishib olgandi. Nvidia esa o‘z navbatida, eng zamonaviy chiplarini ishlab chiqarishga qaratilgan tadqiqot loyihalari doirasida OpenAI bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi.
Apple aksiyalari 30 avgust kungi savdolar oldidan 0,5 foizga qimmatlashgan edi, Nvidia’niki esa 1,7 foizga, Microsoft kompaniyasiniki 0,8 foizga oshgan.
Mavzuga oid
22:17 / 20.12.2024
Italiyada OpenAI kompaniyasi 15 mln yevro jarimaga tortildi
20:18 / 14.12.2024
OpenAI kompaniyasini qonunbuzarlikda ayblagan sobiq xodimi o‘lik holda topildi
21:08 / 30.11.2024
Kanadadagi yirik yangiliklar agentliklari OpenAI’ni sudga berdi
17:36 / 16.11.2024