O‘zbekiston | 07:08 / 30.08.2024
6453
1 daqiqa o‘qiladi

Yuzlab dorixonalarda dorilar narxi asossiz oshirib sotilgani aniqlandi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi dori vositalari narxlarini asossiz oshirish holatlari aniqlanganini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mitaning Fair tech yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar bo‘yicha tekshirish o‘tkazilganda 473 ta dorixonada (133 ta ulgurji va 340 ta chakana) huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi.

Dori vositalarini narxlarini asossiz oshirish natijasida iste’molchilardan 5,4 milliard so‘mga yaqin mablag‘, ya’ni asossiz daromad olingan. Bunday holatlarning eng ko‘pi Toshkent shahridagi dorixonalarda kuzatilgan: 71 ta dorixonada 17 266 ta holatda 1 milliard  911 million so‘m miqdorda asossiz mablag‘ olingan.

O‘rganishlar davomida jami 49 455 ta shunday holat qayd etilgan. Noqonuniy olingan mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinib, ularning huquqlarini tiklash choralari ko‘rilgan.

Mavzuga oid