Jahon | 13:22 / 02.09.2024
2557
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil armiyasi G‘arbiy sohilda 135,2 mln dollarlik zarar yetkazdi

Jyenin shahri meri «Anadolu» agentligiga Isroilning mintaqadagi «operatsiyalari» oqibatlari haqida gapirdi.

Foto: Anadolu Agency

Isroil armiyasining davom etayotgan operatsiyasi ishg‘ol ostidagi G‘arbiy sohilda Jyenin shahriga 135,2 million dollarlik infratuzilmaviy zarar keltirdi. Bu haqda shahar meri Nidal al-Obaydiy «Anadolu» agentligiga ma’lum qildi.

Agentlik suhbatdoshi isroillik harbiylarning harakatlarini kuchli zilzila oqibatlari bilan solishtirdi.

«Eng katta yo‘qotish - odamlarning hayoti. Moddiy nuqtayi nazardan, Isroil kuchlari tomonidan yetkazilgan vayronagarchilik juda katta, jumladan, infratuzilmaga, suv va aloqa liniyalari hamda elektr transformatorlariga hujumlar», - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «falokat ko‘lami avvalgi amaliyotlar vaqtidagidan oshib ketgan».

«Shaharda zilzila sodir bo‘lgandek bo‘ldi – ulkan vayronalar, ko‘chalar, uylar vayron bo‘ldi va portlatib yuborildi», dedi al-Obaydiy.

Merning ta’kidlashicha, Isroil qo‘shinlari «shaharni ataylab vayron qilmoqda». «Operatsiya besh kun ketma-ket davom etmoqda va har kuni yangi vayronagarchilik va zararlar keltirmoqda», - deya qo‘shimcha qildi u.

U, shuningdek, harbiy amaliyot Jyeninning «ijtimoiy va iqtisodiy hayotini falaj qilganini» ta’kidladi. Al-Obaydiyning so‘zlariga ko‘ra, aholi asosiy ehtiyojlar keskin tanqisligiga duch kelgan. 

Mavzuga oid