Jahon | 14:45 / 02.09.2024
1758
1 daqiqa o‘qiladi

Isroilning G‘azodagi maktabga bergan zarbasi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Bino ko‘chirilgan falastinliklar uchun boshpana vazifasini o‘tagan.

Foto: Anadolu Agency

Isroilning G‘azo sektorida shu nomdagi shahardagi maktabga bergan zarbasi natijasida 11 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi.

Bu haqda G‘azo sektori fuqarolik mudofaasi boshqarmasi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

«Safad» nomli ta’lim muassasasi o‘qqa tutildi. 

Bino ko‘chirilgan falastinliklar uchun boshpana bo‘lib xizmat qilgan. Bu haqda «Anadolu» agentligi muxbiriga mahalliy sog‘liqni saqlash idoralaridagi manbalar ma’lum qildi.

Mavzuga oid