O‘zbekiston | 10:03 / 02.09.2024
2331
1 daqiqa o‘qiladi

“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi

30 avgust holatiga ko‘ra "Xalq nazorati" portali orqali yil boshidan buyon qilingan murojaatlar soni 45 679 tani tashkil qildi. 

Foto: pxhere.com

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, o‘tgan haftada portal orqali 2005 ta murojaat kelib tushdi.

Ushbu haftada obodonlashtirish ishlari yuzasidan qilingan murojaatlar soni ortib, jamoat transporti yuzasidan qilingan murojaatlar soni kamaygan. 

Eng ko‘p murojaatlar Yunusobod tumani, eng kam murojaatlar esa Bektemir tumani aholisidan kelib tushgan.

Ayni damda ko‘rib chiqilayotgan murojaatlar soni — 1153 ta.

Mavzuga oid