Xitoy xorijliklarga bola asrab olishni taqiqlaydi
1990 yillardan beri Xitoy o‘n minglab bolalarni xorijga farzandlikka bergan, ularning qariyb yarmi AQShga jo‘natilgan.
Xitoy xorijliklarga mamlakatdagi bolalarni farzandlikka berish dasturini to‘xtatmoqchi. Bunga mamlakatda tug‘ilish darajasining pasayishiga qarshi kurash sabab bo‘lmoqda, deb xabar berdi CNN.
Tug‘ishgan qarindoshlar o‘z yaqinlarini farzandlikka olish holatlari bundan mustasno. Dasturdan avval boshlangan va hali tugallanmagan asrab olish jarayonlari ham bekor qilinadi.
1990 yillar boshidan beri Xitoy o‘n minglab bolalarni xorijga farzandlikka bergan, ularning qariyb yarmi AQShga yuborilgan. Bu voqealar “bir bola” siyosati sharoitida yuz berdi. 1979 yildan 2015 yilgacha amal qilgan ushbu siyosat tufayli ko‘plab oilalar o‘z farzandlaridan, ayniqsa qizlardan va nogironligi bo‘lgan chaqaloqlardan voz kechishga majbur bo‘lgan.
Biroq endi Xitoy hukumati “tug‘ilish darajasining tez pasayishi va demografik inqiroz tahdidi”ga qarshi kurashayotgani sababli dasturni rasman to‘xtatmoqda.
AQShning Pekindagi elchixonasi Xitoy fuqarolik ishlari vazirligidan rasmiy tushuntirish so‘radi, chunki ko‘plab amerikalik oilalar farzand asrab olish uchun ariza topshirgan va ularning ko‘rib chiqilishini kutmoqda.
Bolalarni asrab olish dasturi boshlangan 1992 yildan beri xitoyliklarning 160 mingdan ortig‘i chet elda farzandlikka olingan. Jumladan, amerikalik oilalar Xitoydan 82 674 nafar bola asrab oldi, bu AQShdagi umumiy xalqaro asrab olish miqdorining 29 foizini tashkil qiladi.
Xalqaro asrab olish dasturi 2020 yilda ham COVID-19 pandemiyasi vaqtida bolalarni himoya qilish uchun bir muddat to‘xtatilgandi.
Mavzuga oid
23:24
Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
22:10
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
11:25
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
21:44 / 22.12.2024