Tramp Harrisni qo‘llashini bildirgan Putinning so‘zlaridan «qattiq ranjigani»ni aytdi
Tramp Putinni Harrisni qo‘llashi haqidagi so‘zlari uchun shaxmatchi deb atagan. Vashington Moskvani respublikachilar tomonda turib saylovga aralashishda gumonlamoqda, Kreml bu kabi ayblovlarni inkor etmoqda.
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp uning Demokratik partiyadan bo‘lgan raqibi Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatlashini aytgan Vladimir Putinning so‘zlariga ikkinchi bor munosabat bildirdi.
«Men Putinni bilaman, uni yaxshi taniyman. Shu kunlarda u Kamalani qo‘lladi. Meni bu juda ranjitdi. Qiziq, u Kamalani nima uchun qo‘lladi ekan. Yo‘q, u shaxmat o‘yinchisi. Bundan xafa bo‘lishim kerakmi? O‘ylaymanki, bu gapni u yuzida kulgi bilan aytgan bo‘lishi mumkin, men bilmayman. Jin ursin, buni kim biladi», — degan Tramp Viskonsin shtatidagi saylovoldi mitingida.
Tramp «tarixda hech kim» u prezident bo‘lganida qilgani kabi
Rossiyaga nisbatan qattiqqo‘l munosabatda bo‘lmaganini aytgan va «buni hammadan ham yaxshiroq biladigan odam —Vladimir Putin» ekanini ta’kidlagan.
Vladimir Putin 5 sentabr kuni Sharqiy iqtisodiy forum yalpi majlisidagi chiqishi chog‘ida Rossiya hukumati uchun AQShdagi saylovlarda Kamala Harris g‘alaba qozonishi Trampning g‘alabasidan afzalroq ekanini aytdi. «Bizning favorit, agar shunday deyish mumkin bo‘lsa, amaldagi prezident, janob [Jo] Bayden edi. Ammo uni poygadan olishdi, u barcha tarafdorlariga [vitse-prezident Kamala] Harris xonim nomzodini qo‘llab-quvvatlashni tavsiya qildi. Biz ham shunday qilamiz», — degandi Putin jilmayib.
Putin uning «tabassumi yuqumli» ekani, bu esa unda «barchasi yaxshi»ligini anglatishini aytgan. Rossiya prezidenti fikricha, shuning uchun Harris yangi sanksiyalar qo‘llashdan tiyilishi mumkin.
Tramp bu so‘zlarga keyingi kuniyoq munosabat bildirgandi. «Bu borada nima deyishni bilmayman. U meni haqoratladimi yoki yaxshilik qildimi, men buni bilmayman», — degandi AQSh prezidentligiga nomzod o‘z saylovoldi mitingida.
Oq uydagilar Rossiya tomonidan saylovlar borasida fikr bildirish hamda aralashuvdan tiyilishni so‘ragan.
Kreml Putin suhbat moderatori savoliga javob qaytargani va bu mavzu ustuvor emasligini bildirib, aralashuv haqidagi ayblovlarni rad etgan. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Putinning Harris haqida gapirgandagi ohangini «xorijdagi bundan manfaatdor tomonlar tushunishga harakat qilishi lozimligi»ni aytgan.
- AQSh prezidentligi uchun saylovlar ikki oydan keyin, noyabr oyi boshida o‘tkaziladi. 10 sentabr kuni nomzodlarning ilk debatlari o‘tkazilishi belgilangan. Bu debatlar Tramp uchun yettinchi, Harris uchun esa birinchisi bo‘ladi. Iyun oyi oxirida o‘tkazilgan debatda Demokratik partiya nomidan qatnashgan Jo Baydenning chiqishi muvaffaqiyatsiz bo‘lgan va bu alaloqibat uning saylovni tark etishiga olib kelgandi.
- So‘nggi so‘rovlar natijalariga ko‘ra, Harris Trampdan biroz o‘zib ketmoqda: 44,2 foizga qarshi 47,3 foiz.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
16:18 / 24.12.2024
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
09:53 / 24.12.2024
Grenlandiya bosh vaziri Trampning orolni AQShga sotish g‘oyasini rad etdi
07:50 / 24.12.2024