Jamiyat | 07:30 / 09.09.2024
18149
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yer silkinishi sodir bo‘ldi

9 sentabr kuni tongda Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 balli yer silkinishi qayd etildi. Uning kuchi poytaxtning qator tumanlarida ham sezildi.

Foto: AP / IRWIN FEDRIANSYAH

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 9 sentabr kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 05:45 da zilzila sodir bo‘ldi. 

Episentr: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani. Zilzila koordinatalari: 41,33 gradus shimoliy kenglik; 69,38 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=3,6. Chuqurlik 5 km. Zilzila episentri Toshkentdan 10 km shimoliy-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 ball, 2 km;
  • Mirobod tumanida 2 ball, 5 km;
  • Shayxontohur tumanida 2 ball, 6 km;
  • Yashnobod tumanida 2 ball, 6 km;
  • Olmazor tumanida 2 ball, 7 km;
  • Yakkasaroy tumanida 2 ball, 7 km;
  • Chilonzor tumanida 2 ball, 9 km.

Mavzuga oid