O‘quv yili arafasida Toshkentda uy-joy ijara narxlari biroz ko‘tarildi
O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari iyul oyiga nisbatan o‘rtacha 1,9 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa 0,3 foizga oshgani ta’kidlanmoqda.
Avgust oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxlari oshdi, bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) xabar berdi.
Qayd etilishicha, mutaxassislar tomonidan qilingan tahlilda ijara narxlari oshgani aniqlangan. Bunga bir nechta omillar, jumladan, sentabr oyidan oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha kutilmalar ta’sir ko‘rsatgani ta’kidlanmoqda.
Xabarga ko‘ra, mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari iyul oyiga nisbatan o‘rtacha 1,9 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa 0,3 foizga oshgan.
Tahlilda ijara narxlari AQSh dollarida keltirilgan. Jumladan, o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - 285$, 2 xonali – 348$, 3 xonali – 387$, 4 xonali - 460$), Olmazor (1 xonali – 301$, 2 xonali – 359$, 3 xonali – 414$, 4 xonali – 471$) tumanlarida taklif etilgan bo‘lsa, eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali – 350$, 2 xonali – 445$, 3 xonali – 550$, 4 xonali – 736$) va Yakkasaroy (1 xonali – 349$, 2 xonali – 455$, 3 xonali – 585$, 4 xonali – 603$) tumanlarida kuzatilgan.
To‘liq ta’mirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali – 335$, 2 xonali – 416$, 3 xonali – 501$, 4 xonali – 634$) va Uchtepa (1 xonali – 377$, 2 xonali – 437$, 3 xonali – 563$, 4 xonali – 669$) tumanlarida, eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali – 456$, 2 xonali – 688$, 3 xonali – 1006$, 4 xonali – 1274$) va Shayxontohur (1 xonali – 421$, 2 xonali – 715$, 3 xonali – 1014$, 4 xonali – 1279$) tumanlarida kuzatildi.
Ta’kidlanishicha, ijara narxlari haqidagi ma’lumotlar internetdagi Olx e’lonlar saytidan olingan.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
08:14 / 20.12.2024