O‘zbekiston | 16:35 / 10.09.2024
9603
1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan uchrashdi

Uchrashuvda iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim, mehnat migratsiyasi borasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning bir qator muhim yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim, mehnat migratsiyasi borasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirishga qaratilgan yaqin muloqotni bundan buyon ham rivojlantirishga kelishib olindi.

Mavzuga oid