Jahon | 21:41 / 10.09.2024
11322
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston o‘z fuqarolariga Rossiyaga safar qilmaslikni tavsiya etdi

Rasmiylar buni Rossiyada xorijiy fuqarolarning davlat chegarasi orqali kirib kelishi ustidan kuchaytirilgan nazorat rejimi davom etayotgani bilan izohladi.

Foto: RIA Novosti

Tojikistonning Rossiyadagi elchixonasi o‘z fuqarolariga Rossiyaga safar qilishdan vaqtincha tiyilishni tavsiya etdi.

«Rossiya Federatsiyasi hududidagi quruqlik va havo o‘tkazish punktlarida xorijiy fuqarolarning davlat chegarasi orqali kirib kelishi ustidan kuchaytirilgan nazorat rejimi davom etayotganligini hisobga olib, Tojikiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Tojikiston Respublikasi fuqarolariga vaqtinchalik Rossiya Federatsiyasiga sayohat qilishdan tiyilishni tavsiya etadi», deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 27 aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya chegarasida «chegaradan o‘tayotgan shaxslarning fuqaroligidan qat’i nazar» amalga oshiriladigan «tekshiruv tadbirlarini» e’lon qilgan edi. Ushbu tadbirlar Moskvadagi «krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir bo‘lgan terrorchilik harakatidan keyin kuchaytirildi.

Avvalroq, Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixonasi ham Rossiya Federatsiyasiga borish uchun uzrli sabablari bo‘lmagan o‘z fuqarolariga «safar qilishdan vaqtincha tiyilish»ni tavsiya etgan edi.

Mavzuga oid