O‘zbekiston | 08:20 / 11.09.2024
8371
1 daqiqa o‘qiladi
«Umra – 2024» yangi mavsumi boshlandi
2024 yil 10 sentabr kuni «Umra – 2024» mavsumining navbatdagi bosqich ilk guruh ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.
Mazkur reysda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Farg‘ona, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan 240 nafar umrachilar Jidda shahriga yo‘l oldi.
Ma’lumot o‘rnida, ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 8 kun bo‘ladi.
Ziyoratchilar Madinada Grand Shahba, Makka shahrida esa Al-Ayyam Elite va Marmara Hotel singari zamonaviy mehmonxonalarda istiqomat qilishadi.
Ularga 3 mahal issiq ovqat, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.
Mavzuga oid
18:07
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
23:55 / 03.12.2024
Saudiya Arabistoni mashinissiz boshqariladigan dunyodagi eng uzun metroni ishga tushirdi
15:20 / 03.12.2024