Merey Omonboyevaning ishi sudga chiqdi
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Merey Omonboyeva juda ko‘p miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda ayblanib sudlanyapti. Jinoyat ishi JIB Navbahor tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda.
2024 yil 6 martdan Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Merey Omonboyevaga oid jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda. Oliy sudning “Adolat” axborot tizimlari kompleksida keltirilgan sud majlislari jadvaliga ko‘ra, ushbu ishda navbatdagi sud majlisi 18 sentabr kuniga belgilangan.
Jinoyat ishi JIB Navbahor tuman sudida sudya Alisher Saydullayev raisligida ko‘rilyapti.
Merey Omonboyeva Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Merey Omonboyevaga 2024 yilning aprel oyida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum bo‘lgan edi. O‘shanda Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov Kun.uzʼga tergov Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilayotganini ma’lum qilgandi.
Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli Merey Omonboyeva 2020 yil Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. U 2024 yil 6 mart kuni Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar Navoiy shahri “Zarafshon” MFYda hokim yordamchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
15:29 / 11.12.2024
Moskvadagi harbiy sud terrorizm bo‘yicha deyarli barcha ishlarni yashirdi
17:49 / 06.12.2024