Rossiya qo‘shinlari Pokrovskka suv ta’minotini to‘xtatib qo‘ydi
Harbiy harakatlar natijasida modul filtrlash stansiyasining ishi to‘xtatildi, undan Pokrovsk aholisi suv olayotgandi. Uning faoliyatini tiklashning hozircha imkoni yo‘q, deydi rasmiylar. Ular evakuatsiyaga chaqirdi.
Harbiy hujum operatsiyalari davomida Rossiya qurolli kuchlari Pokrovsk shahriga suv ta’minotini to‘xtatdi. Bu haqda 12 sentabr, payshanba kuni Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati (VHM) rahbari Vadim Filashkin ma’lum qildi. «Harbiy harakatlar natijasida Pokrovsk suv olgan modulli filtrlash stansiyasi ishi to‘xtatildi», — deb yozdi u stansiyani qayta tiklashning hozircha imkoni yo‘qligini tushuntirib. Filashkin yaqin kelajakda vaziyat «yaxshilashmasligini» qo‘shimcha qildi va shahar aholisini evakuatsiya qilishga chaqirdi.
Avvalroq Donetsk VHM rahbari Pokrovskda hali ham 26 mingga yaqin aholi qolayotgani haqida xabar bergan edi. Rus katta qo‘shinlari shaharga yaqinlashmoqda. Britaniya Mudofaa vazirligining 1 sentabr kuni bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari allaqachon Pokrovskdan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Zelenskiy: Pokrovsk yaqinidagi vaziyat «juda og‘ir»
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Donetsk oblastida jangovar harakatlar kuzatilayotgan boshqa hududlar kabi Pokrovsk yaqinidagi vaziyat ham «o‘ta og‘ir» ekanini aytdi. «Rossiyaning asosiy sa’y-harakatlari va eng katta kuchlari u yerda to‘plangan, hozir bizning har bir bo‘linmamizning barqarorligi, yo‘q qilish qobiliyatimiz hozir juda muhim», dedi u 28 avgust kuni kechki videomurojaatida.
Ukraina rahbari, shuningdek, Ukraina qurolli kuchlarining Kursk oblasti hududida hujum operatsiyasi davom etishi va rossiyalik harbiy xizmatchilar asirga olingani haqida ma’lum qildi. «Biz Ukraina chegarasi yaqinidagi ma’lum hududlarda nazoratimiz hududini kengaytirishda davom etmoqdamiz, har kuni bo‘lgani kabi, almashish fondi to‘ldirilmoqda», dedi u Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi 917-kunida.
Sirskiy: Ukraina Rossiya qo‘shinlarining Pokrovsk tomon yurishini to‘xtatdi
Ukraina qurolli kuchlari Rossiya armiyasining Donetsk oblastidagi Pokrovsk yo‘nalishida yurishini to‘xtatdi, dedi Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni, general-polkovnik Aleksandr Sirskiy 5 sentabr kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida. «So‘nggi olti kun ichida dushman Pokrovsk yo‘nalishi bo‘yicha bir metr ham ilgarilamadi, boshqacha aytganda, bizning strategiyamiz ishlamoqda», dedi Sirskiy Ukrainaning Rossiya Federatsiyasi Kursk oblastidagi harbiy amaliyotiga ishora qilib. Harbiy rahbar uni «muvaffaqiyatli» deb atadi. Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlarining Kursk oblastiga bostirib kirishi Rossiya Federatsiyasi tomonidan «hujum qilish xavfini kamaytirdi» va uni boshqa yo‘nalishlardan kuchlarni o‘tkazish imkoniyatidan mahrum qildi. «Biz artilleriya hujumlari soni va hujumning shiddati kamayganini ko‘rmoqdamiz», dedi bosh qo‘mondon.
General Sirskiy CNN telekanali bilan suhbatda Ukraina qurolli kuchlari Rossiya hududiga bostirib kirishi chog‘ida amalga oshirgan beshta maqsadni aytib o‘tdi: Rossiyaning Kursk oblastidan yangi hujum uchun tramplin sifatida foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik; rus qo‘shinlarini boshqa yo‘nalishlardan olib chiqish; xavfsiz hududni yaratish, shu bilan Ukrainadagi tinch aholi nishonlarini o‘qqa tutishning oldini olish; rossiyalik harbiy xizmatchilarni qo‘lga olish va nihoyat, «Ukraina armiyasi va butun xalqning jangovar kayfiyatini» ko‘tarish.
ISW: Rossiya qo‘shinlari Pokrovsk yaqinida muvaffaqiyatga erishdi
Avgust oyining oxirida Aleksandr Sirskiy Pokrovsk yaqinidagi «qattiq janglar» haqida xabar berdi. Shu bilan birga, Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) Rossiya qo‘shinlari Donetsk oblastida bu yo‘nalishda «katta taktik muvaffaqiyatlarga erishgani»ni ta’kidladi. 1 sentabr kuni Britaniya Mudofaa vazirligi Rossiya quruqlikdagi kuchlari «Pokrovskdan 10 km uzoqlikda joylashganligi ehtimoli yuqori», deb xabar berdi.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13 / 24.12.2024
Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlari vatanga qaytarildi
18:22 / 24.12.2024