Inbazar do‘konida yosh xodim xatosi uchun kaltaklandi
Savdo do‘koni asoschisi holatga qonuniy chora ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Inbazar savdo tarmog‘i xodimi qo‘l ostidagi yosh xodimni kuch ishlatib, jazolayotgani aks etgan video tarqaldi. Xodim, garchi «bilmasdan qildim», deya uzr so‘raganiga qaramay, rahbari yosh yigitning yuzi va tanasiga 5-6 marotaba urgan. Shuningdek, haqorat ham qilgan.
Inbazar asoschisi Xolmatov Omadbek bu holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishini ma’lum qildi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni ko‘rib, o‘zim shok bo‘lib qoldim. Bu qilingan ablahona ishi uchun albatta qonuniy javobgarlikka tortilishiga ishonchimiz komil. Yillar davomida ishxonada o‘zaro hurmat bo‘lishiga harakat qilamiz, lekin ko‘p odam ishlagani uchun buni nazoratini ola olmay qolibmiz. Buning uchun uzr so‘raymiz.
Lekin bu zo‘ravonlikka qarshimiz, bu holat bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilyapti. Tafsilotlarini aytamiz», degan do‘kon asoschisi.
Mavzuga oid
10:50 / 06.12.2024
RF Tergov qo‘mitasi Qodirovning Bastrikinga qarshi da’volariga javob qaytardi
20:45 / 19.09.2024
“Zo‘ravonlik, samosud va qo‘rquv mashinasi bilan xodimlarni ishlatish qadriyatga aylangan” – Inbazar voqeasiga faollar nigohi
19:39 / 16.09.2024
Inbazar do‘konida xodimni urgan qorovul 7 sutkaga qamaldi
10:29 / 16.09.2024