O‘zbekiston | 14:14 / 14.09.2024
2911
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Hind okeaniga chiqish uchun Ummon imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin

Masqat shahrida O‘zbekiston–Ummon hamkorligining bugungi holati va istiqbollariga bag‘ishlagan davra suhbati tashkil etildi.

Foto: Dunyo

Ummon Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ushbu mamlakatning Savdo, sanoat va investitsiyani qo‘llab-quvvatlash, Iqtisod, Moliya, Qishloq xo‘jaligi, Turizm, Oliy ta’lim vazirliklari, Investitsiya agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Sulton Qobus universiteti, Investitsiya banki, Arxiv va qo‘lyozmalar milliy agentligi, shuningdek, Salam Air va Oman Air aviashirkatlari vakillari ishtirok etdi.

Ummon TIV departament rahbari Shayx Ahmad al-Maskariy davra suhbatining ochilish qismidagi nutqida mamlakat tashqi siyosat idorasi tomonidan bunday formatdagi tadbir ilk marotaba o‘tkazilayotganini va O‘zbekiston bilan hamkorlik masalalari birinchilardan bo‘lib muhokama qilinayotganini ta’kidladi. "Ushbu formatdagi birinchi tadbirni O‘zbekiston bilan o‘tkazayotganimiz bejiz emas. Chunki, Ummon O‘zbekistonni Markaziy Osiyoga eltuvchi darvoza deb biladi. O‘z navbatida, O‘zbekiston uchun Ummon Hind okeaniga chiqish uchun darvoza bo‘lib xizmat qilishga tayyor", - dedi u.

Davra suhbati davomida, O‘zbekiston-Ummon aloqalarini barcha sohalarda, xususan iqtisodiy yo‘nalishlarda jadallashtirish xususida fikr almashildi. Ishtirokchilar ikki tomonlama sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni tahlil qildilar va o‘zlarining takliflarini bildirdilar.

Mavzuga oid