Isroil «urushning yangi bosqichi» boshlanganini e’lon qildi
Isroil mudofaa kuchlarining 98-diviziyasi G‘azo sektorida bir necha oy davom etgan janglardan so‘ng mamlakat shimoliga, Livan chegarasiga ko‘chirildi.
Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant «urushning yangi bosqichi» boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda Times of Israel yozdi.
Vazir «harbiy harakatlarning og‘irlik markazi» shimoliy yo‘nalishga, ya’ni Livan bilan chegaraga o‘tkazilishini e’lon qildi.
«Og‘irlik markazi shimolga qarab ko‘chmoqda. Biz kuchlarni, resurslarni va energiyani shimolga yo‘naltirmoqdamiz», dedi Gallant o‘z idorasi tomonidan tarqatilgan bayonotda.
Qayd qilinishicha, tongda Isroil mudofaa kuchlarining 98-diviziyasi G‘azo sektorida bir necha oy davom etgan janglardan so‘ng mamlakat shimoliga ko‘chirilgan.
«Men bu urushning yangi bosqichi arafasida ekanligimizga ishonaman va biz moslashishimiz kerak. Bizga vaqt o‘tishi bilan izchillik kerak bo‘ladi, bu urush katta jasorat, qat’iyat va matonat talab qiladi», dedi Gallant.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning shimoldagi urushining maqsadlari «aniq va oddiy: shimoldagi shaharlar aholisini o‘z uyiga eson-omon qaytarish».
«Biz garovga olinganlarni va janubdagi vazifalarimizni unutganimiz yo‘q. Bu bizning burchimiz va biz uni bir vaqtning o‘zida bajaramiz», deb qo‘shimcha qildi Gallant.
Isroil armiyasi shtab boshlig‘i Hersi Xa-Levi Isroilning «Hizbulloh»ga qarshi kurashda «ko‘proq imkoniyatlari» borligidan ogohlantirdi.
Mavzuga oid
16:05
«Mossad» xodimlari «Hizbulloh» peyjerlari va ratsiyalarini portlatish amaliyoti qanday tayyorlanganini aytib berishdi
12:01
Isroil Eronda Hamas yetakchisi Ismoil Haniyani o‘ldirganini ilk bor tan oldi
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024