AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
AQShning Texas shtatida maxsus xizmatlar roboti politsiyaga bo‘ysunmagan erkakni qalampirli gaz bilan kiberzararsizlantirib, uni qo‘lga olishga yordam berdi.
39 yoshli Feliks De la Rosa taqiqlangan moddalarni tayyorlash va tashish aybi bilan 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi. 2022 yilda u jazoning to‘rtdan bir qismini o‘tab, muddatidan oldin ozod qilingan. Ammo muddatidan ilgari shartli ozod qilish shartlariga ko‘ra, u elektron bilaguzuk taqib yurishi va belgilangan hududni tark etmasligi kerak edi.
Feliks esa gadjetni yechib tashlab, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.
Politsiya uni Texasdagi mehmonxonadan topdi va qo‘lga olish uchun guruh yubordi. Ammo jinoyatchi xonaga berkinib olib, taslim bo‘lishdan bosh tortgan va politsiyaga qarata o‘q uzgan.
Labbok okrugidagi sherif idorasidan chaqirilgan maxsus guruh Feliksni tinch yo‘l bilan taslim bo‘lishga ko‘ndirishga uringan, ammo erkak ularga ham o‘q uzishda davom etgan. Sherif idorasining snayperi unga tomonga o‘t ochdi. So‘ng mehmonxona balkoniga Labbok hududiy bo‘limining robot-sapyori chiqarildi.
Hodisa joyidan olingan videoga ko‘ra, robot Feliksga yaqinlashganda, erkak uning ustiga ko‘rpa uloqtiradi. So‘ng derazadan robotga bir necha marotaba o‘q uzadi. Robot esa deraza oldiga kelib, ko‘rpaning bir chetini ko‘taradi va erkakka qarata ko‘zni yoshlatuvchi gaz purkaydi.
Ko‘p o‘tmay Feliks de la Rosa derazadan chiqib, yuzini changallagancha, jon talvasasida emakladi, robot uning ustiga bostirib borib, shortisini yechib yubordi.
Shu tariqa gumonlanuvchi qo‘lga olindi va tez yordam mashinasida tibbiyot markaziga yetkazildi.
Mavzuga oid
17:40
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
16:18
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
15:04