Jamiyat | 10:05 / 24.09.2024
4205
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda Labo boshqarib ketayotgan yosh bolaning otasiga chora ko‘rildi

7-sinfda o‘qiydigan 13 yoshli bola inspektorga mashinani otasi berganini aytgan.

Foto: Videodan kadr

Surxondaryo viloyati Angor tumanida muntazam mashina boshqarib yurgan 7-sinf o‘quvchisining (!) otasiga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Angor tumani Zartepa mahallasida yashovchi fuqarolar mahalla hududidan o‘tgan yo‘lda yosh bolaning "Labo" rusumli kichik yuk mashinasini boshqarib yurganiga bir necha marta guvoh bo‘lishgan.

Shundan so‘ng ular mahallaga biriktirilgan YPX xodimlariga holat haqida xabar berib, ushbu huquqbuzarlikni bartaraf etishni so‘ragan.

Holat Angor tumani IIB YHXB xodimi tomonidan o‘rganilib, 7-sinf o‘quvchisi bo‘lgan bola mashina boshqarib ketayotganida to‘xtatilgan.

YHXB boladan mashinani kim berganini so‘raganda, 13 yoshli o‘quvchi Laboni otasi berganini aytgan.

Qayd etilishicha, holat bolaning otasi ishtirokida muhokama qilingan va unga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mavzuga oid